Янгиликлар
Sotib oluvchi qabul qilmagan tovarni mas’uliyatli saqlash qanday tartibda amalga oshiriladi?
Savol:
Sotib oluvchi qabul qilmagan tovarni mas’uliyatli saqlash qanday tartibda amalga oshiriladi?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 447-moddasida Sotib oluvchi qabul qilmagan tovarni mas’uliyatli saqlash belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: sotib oluvchi (oluvchi) qonunchilikka yoki mahsulot yetkazib berish shartnomasiga muvofiq mahsulot yetkazib beruvchi topshirgan tovarni rad etgan taqdirda u bu tovarning but saqlanishini ta’minlashi (mas’uliyatli saqlash) va bu haqda tovar yetkazib beruvchini darhol xabardor qilishi shart.
Mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchi (oluvchi) mas’uliyatli saqlashga olgan tovarni olib chiqib ketishi yoki oqilona muddat ichida tasarruf etishi shart. Agar mahsulot yetkazib beruvchi shu muddatda tovarni tasarruf etmasa, sotib oluvchi tovarni realizatsiya qilishga yoki mahsulot yetkazib beruvchiga qaytarib yuborishga haqli.
Sotib oluvchining tovarni mas’uliyatli saqlashga qabul qilish, tovarni realizatsiya qilish yoki uni mahsulot yetkazib beruvchiga qaytarib yuborish bilan bog‘liq zarur xarajatlari mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan qoplanishi lozim. Bunda tovarni realizatsiya qilishdan tushgan pul summasi, sotib oluvchiga tegishli qismi chegirib qolingan holda, mahsulot yetkazib beruvchiga topshiriladi.
Sotib oluvchi qonunchilikda yoki shartnomada belgilangan asoslarsiz mahsulot yetkazib beruvchidan tovarni qabul qilib olmagan yoki tovarni rad etgan hollarda mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchidan tovar haqini to‘lashni talab qilishga haqlidir.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti T.T.Bektoshev