Янгиликлар
Mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortish haqida tushuntirish bersangiz?
Savol:
Mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortish haqida tushuntirish bersangiz?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 455-moddasida mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortish belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama (to‘liq yoki qisman) bosh tortishga taraflarning biri shartnomani jiddiy buzgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Mahsulot yetkazib beruvchining mahsulot yetkazib berish shartnomasini buzishi quyidagi hollarda jiddiy deb hisoblanishi mumkin:
tegishli darajada sifatli bo‘lmagan, sotib oluvchi uchun maqbul muddatda bartaraf qilib bo‘lmaydigan kamchiliklarga ega bo‘lgan tovarlarni yetkazib berish;
tovarlarni yetkazib berish muddatlarini bir necha bor buzish.
Sotib oluvchining mahsulot yetkazib berish shartnomasini buzishi quyidagi hollarda jiddiy deb hisoblanishi mumkin:
tovarlar haqini to‘lash muddatlarini bir necha bor buzish;
tovarlarni bir necha bor olib ketmaslik.
Taraflarning kelishuvida mahsulot yetkazib berish shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortish yoki uni bir tomonlama o‘zgartirishning boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin.
Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasini bekor qilish yoki o‘zgartirishning boshqa muddati bildirish xatida nazarda tutilmagan yoki taraflar kelishuvida belgilanmagan bo‘lsa, shartnoma bir taraf boshqa tarafdan shartnomani bajarishdan to‘la yoki qisman bir taraflama bosh tortish to‘g‘risida bildirish xati olgan paytdan boshlab o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan hisoblanadi.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti T.T.Bektoshev