Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Alimentni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun javobgarlik mavjudmi?


Savol:

Alimentni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun javobgarlik mavjudmi?

Javob:

Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning aybi bilan qarz vujudga kelgan bo‘lsa, aybdor shaxs ushbu kelishuvda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning aybi bilan qarz vujudga kelgan bo‘lsa, aybdor shaxs kechiktirilgan har bir kun uchun to‘lanmay qolgan aliment summasining o‘ndan bir foizi miqdorida aliment oluvchiga neustoyka to‘laydi.

Aliment oluvchi aliment o‘z vaqtida to‘lanmaganligida aybdor aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsdan aliment to‘lash majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaganlik oqibatida yetkazilgan barcha zararlarning neustoyka bilan qoplanmagan qismini undirishga ham haqlidir.

Aliment qarshi qo‘yilgan boshqa talablar bilan hisobga o‘tkazilishi mumkin emas.

Alimentni qaytarib olishga yo‘l qo‘yilmaydi, quyidagi hollar bundan mustasno:

aliment oluvchi tomonidan yolg‘on ma’lumotlar berish yoki qalbaki hujjatlar taqdim etish oqibatida aliment undirish to‘g‘risida chiqarilgan sudning hal qiluv qarori bekor qilinganda;

aliment oluvchi tomonidan aldash, qo‘rqitish yoki zo‘rlik ta’siri ostida tuzilgan aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv haqiqiy emas deb topilganda;

aliment to‘lanishiga asos bo‘lgan sudning hal qiluv qarori, aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv yoki ijro varaqasi qalbakiligi fakti sud hukmi bilan aniqlanganda.

Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan harakatlar voyaga yetmagan bolaning yoki voyaga yetgan muomalaga layoqatsiz aliment oluvchining vakili tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, aliment qaytarib olinmaydi, to‘langan aliment summalari esa, aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning da’vosiga ko‘ra aybdor vakildan undiriladi.

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        R.Aqnazarov