Янгиликлар
Soliqlarning va yig‘imlarning turlari haqida ma’lumot bersangiz?
Savol:
Soliqlarning va yig‘imlarning turlari haqida ma’lumot bersangiz?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:
1) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
2) aksiz solig‘i;
3) foyda solig‘i;
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
51) foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) ijtimoiy soliq.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imni, yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi huquqi uchun yig‘imni, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarni, pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imni hamda tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Kodeks bilan tartibga solinadi.
Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanadi.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti R.Aqnazarov