Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalar tayinlashda proaktiv xizmatlar joriy etiladi


Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalar tayinlashda

proaktiv xizmatlar joriy etiladi

 

         Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori bilan 2025-yil 1-iyuldan boshlab fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etilmoqda:

(a) fuqarolarga I yoki II guruh nogironligi belgilanishi munosabati bilan pensiyalarni alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash. Bunda fuqaroga proaktiv shaklda tayinlangan pensiyalarni rad qilish huquqi beriladi;

(b) koʻrish qobiliyati boʻyicha I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga hamda yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslarga kompensatsiyalarni elektron maʼlumotlar almashinuvi asosida proaktiv shaklda tayinlash;

(v) nogironlik pensiyasi tayinlangandan soʻng kamida bir yil ish stajiga ega boʻlganda fuqaroning pensiya miqdorini har ikki yilda proaktiv shaklda qayta hisoblash.

         2025-yil 1-oktyabrdan boshlab davlat pensiya taʼminotiga oid hamda AT “Xalq banki” tomonidan pensiyalarni naqd pul shaklida toʻlash bilan bogʻliq koʻrsatiladigan xizmatlarni fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) hamda ularning imzosini elektron shaklda olish orqali amalga oshirish tartibi joriy etilmoqda. Bunda toʻlovni amalga oshirish qaydnomasini elektron shaklda planshet orqali imzolashga ruxsat beriladi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-maydagi PQ-194-son qarori.

 

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

DXM va FXDY organlari faoliyatini

muvofiqlashtirish sho‘ba boshlig'i                                                                                              X.Prnazarov