Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun onlayn buyurtma berish mumkin


Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun onlayn buyurtma berish mumkin

2023-yil 30-yanvardan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini uydan turib YAIDXP orqali olish mumkin.

Buning uchun my.gov.uz orqali buyurtma berilib, unda:

- boʻsh qatorlar oʻzingizga tegishli shaxsiy maʼlumotlar bilan toʻldiriladi;

- tegishli bandlar tanlanadi;

- yangi haydovchilik guvohnomasi yetkazib beriladigan manzil koʻrsatiladi;

- mobil telefon yoki kompyuter orqali shaxsiy imzo qoʻyiladi;

Soʻnggi qadamda invoys shakllantirilib, BHMning 70 foizi (210 ming soʻm) miqdorida, pochta xizmati uchun esa 25 ming soʻm toʻlanadi.

Markaz xodimi buyurtmani koʻrib chiqib, chop etgan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini pochta xizmatiga taqdim etadi.

Guvohnoma pochta xizmati tomonidan 2 ish kunida manzil boʻyicha yetkaziladi. Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talon olinib, yangisi beriladi.

Pochta xizmati eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talonni DXMga topshiradi.

 

Nurafshon shahar YXKM

boshyuriskonsulti Sh.O.Qo‘ziyev