Янгиликлар
Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo'yicha milliy strategiya amalga oshiriladi
Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo'yicha milliy strategiya amalga oshiriladi
“2025–2030 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-186-son, 19.05.2025 y.) qabul qilindi.
2025–2030-yillarda O'zbekistonda bolalar saratoniga qarshi kurashishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
· bolalar saratonini erta bosqichlarda aniqlash holatlari ulushini 65 foizgacha oshirish;
· onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalarning 1 yillik yashovchanligini 34 foizdan 90 foizgacha, 5 yillik yashovchanligini esa kamida 60 foizgacha oshirish;
· saraton kasalligiga chalingan bolalarni 100 foiz ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bilan qamrab olish.
2025–2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy strategiyasi (Strategiya) ishlab chiqilgan.
Farmon bilan 2025–2026-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Strategiyani joriy etish loyihasi 2025–2026-yillarda Samarqand shahri va Ishtixon tumanidagi tibbiyot muassasalari bazasida amalga oshiriladi hamda kelgusida zarur shart-sharoitlar yaratilishiga qarab mamlakatning boshqa hududlariga parallel ravishda kengaytiriladi.
Ohangaron shahar YXKM rahbari B.O’smonov