Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Deportatsiya qilingan fuqarolarini qaytarish va bu bilan bog'lik xarajatlarni undirish tartibi belgilandi


Deportatsiya qilingan fuqarolarini qaytarish va bu bilan bog'lik xarajatlarni undirish tartibi belgilandi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.05.2025 dagi 313-sonli qarori bilan tashkillashtirilgan tarzda chet elga ishga yuborilgan va borgan davlatining qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportasiya qilingan fuqarolarini qaytarish va ularni qaytarish bilan bog'lik xarajatlarni undirish tartibi joriy etiladi. Qarorga ko'ra, chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida xorijiy davlatning qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan fuqarolarga quyidagi ta'sir choralari qo'llanadi:

-      deportatsiya qilingan fuqaro Migrasiya jamg'armasi hisobidan qaytarilganda, qaytarish xarajatlarini fuqarodan undirib olish;

-      Migrasiya jamg'armasi hisobidan taqdim etilgan subsidiya va kompensasiya summalarini qaytarib undirish;

-      yilgacha muddat davomida rivojlangan davlatlarga tashkillashtirilgan tarzda ishga yuborish bo'yicha xizmatlar ko'rsatmaslik.

Deportatsiya qilingan fuqarolar quyidagilar asosida qaytariladi:

·        ularning O'zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaati;

·        ular va yaqin qarindoshlarining Migrasiya agentligining xorijdagi vakolatxonalari, hududiy filiallariga murojaati;

·        xorijiy davlatlar vakolatli organlari tomonidan taqdim etilgan deportatsiya qilingan fuqarolar bo'yicha ma'lumotlar.

Deportatsiya qilingan fuqarolar ularning transport xarajatlarini moliyalashtirish orqali qaytariladi.

Fuqaroning moliyaviy yordam ko'rsatish to'g'risidagi arizasi ijobiy ko'rib chiqilganidan so'ng 1 ish kunida Migratsiya agentligi va fuqaro o'rtasida qarz shartnomasi tuziladi.

Shartnomaga muvofiq moliyaviy yordam olgan shaxs ushbu mablag'larning o'rnini 30 kun muddatda qoplashi lozim.

 

Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti                  O.Raxmonov