Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Ishlayotgan xodim harbiy xizmatga chaqirilsa ishdan bo’shatiladimi?


Ishlayotgan xodim harbiy xizmatga chaqirilsa ishdan bo’shatiladimi?

 

Agar xodim “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasiga asosan, muddatli, ya’ni 12 oylik harbiy xizmatga chaqirilgan bo‘lsa, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 168-moddasiga asosan, xodimning harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilganligi munosabati bilan bekor qilinadi.

Agar xodim safarbarlik chaqiruvi rezervidagi 1 oylik harbiy xizmatga chaqirilsa u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi. Balki Mehnat kodeksining 282-moddasiga asosan, harbiy majburiyatlarni bajarayotganda ish beruvchi xodimga uning o‘rtacha oylik ish haqi to’lab berilishi shart.

 

 

Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti                      B.Hamroyev