Янгиликлар
Tarqatish ta’qiqlangan noqonuniy onlayn kontent turlari
Tarqatish ta’qiqlangan noqonuniy onlayn kontent turlari
O'zbekistonda onlayn-platforma va veb-saytlarda noqonuniy kontentni tarqatish taqiqlanadi. Quyidagilar noqonuniy kontent hisoblanadi:
- konstitusiyaviy tuzumni, hududiy yaxlitlikni zo'ravonlik bilan o'zgartirishga chaqiriqlar;
- ommaviy tartibsizlik, zo'ravonlikka oid ma'lumotlar;
- jamoat tartibi yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg'on axborot;
- urush, zo'ravonlik va terrorizm, ekstremizm, separatizm g'oyalari, ekstremistik va terroristik tashkilotlarning atributlari va ramzlari;
- davlat siri yoki qo'riqlanadigan boshqa sirni oshkor etuvchi ma'lumot;
- milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qo'zg'atuvchi ma'lumot;
- jamiyatga, davlatga, davlat ramzlariga hurmatsizlikni ko'rsatuvchi nomaqbul ma'lumot;
- giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashviqot qiluvchi ma'lumotlar;
- pornografik mahsulot, shafqatsizlikni targ'ib qiluvchi, shuningdek o'z joniga qasd qilishga da'vat etuvchi ma'lumotlar;
- fuqarolarni, ularning hayoti va (yoki) sog'lig'iga tahdid soladigan harakatlarni sodir etishga undashga yoki jalb qilishga qaratilgan ma'lumot;
- fishing va spam resusrlarga havolalarni o'z ichiga olgan ma'lumotlar;
- javobgarlikka sabab bo'ladigan harakatlarni qilishga da'vat etuvchi ma'lumot.
Ohangaron shahar YXKM rahbari B.O’smonov