Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Odam savdosi jinoyati uchun jazo og’irlashtirildi


Odam savdosi jinoyati uchun jazo og’irlashtirildi

 

Qonun (O'RQ-1065-son, 19.05.2025-y.) bilan Jinoyat kodeksi 135-moddasiga odam savdosi bilan bog'liq bo'lgan jinoyatni sodir etganlik uchun jazo choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi o'zgartirish kiritildi.

Unga ko'ra, odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlardan foydalangan holda, xuddi shuningdek jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo'ygan, yashirgan yoxud yo'q qilib yuborgan holda sodir etganlik:

➖ 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.

Ilgari mazkur jinoyat uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Shuningdek, ushbu jinoyat jabrlanuvchining o'limiga yoki boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa:

➖ 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko'zda tutildi.

Ilgari mazkur jinoyat uchun 8 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

 

 

Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti                  O.Raxmonov