Янгиликлар
Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
Qonun (O'RQ-1063-son, 16.05.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarga ko'ra, pivo va pivo ichimlimklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig'imlar yig'im turlari jumlasiga kiritildi.
Bunda pivo va pivo ichimlimklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqida vakolatli davlat organini xabardor qilingani to'g'risida tasdiqnomaga ega bo'lgan yuridik shaxs hamda YATTlar ushbu yig'imlarning soliq to'lovchilari deb e'tirof etiladi.
SHuningdek, 2030-yil 1-yanvargacha parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini to'lashdan ozod etilishi belgilandi.
Bundan tashqari, 2027-yil 1-yanvargacha Kasaba uyushmalari Federasiyasi tizimidagi stasionar bolalar sog'lomlashtirish oromgohlari quyidagi soliqlarni to'lashdan ozod etiladi:
o bino va inshootlarni, yer uchastkalarini ijaraga berishdan olinadigan daromadlari bo'yicha – foyda solig'ini;
o ijaraga berilgan obyektlar va ular egallagan yer uchastkalari bo'yicha – mol-mulk solig'i hamda yer solig'ini.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Ohangaron shahar YXKM rahbari B.O’smonov