Янгиликлар
Tibbiyotni boshqarish (menejerlik) bo'yicha sertifikatga ega ayrim rahbarlarga ustamalar to'lanadi
Tibbiyotni boshqarish (menejerlik) bo'yicha sertifikatga ega ayrim rahbarlarga ustamalar to'lanadi
“Respublikada sog'liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoniga (PF-88-son, 19.05.2025-y.) ko'ra, tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (shahar) sog'liqni saqlash bo'limlari va tibbiyot muassasalarida:
· rahbarlar uchun tibbiyotni boshqarish (menejerlik) bo'yicha o'quv dasturi yo'lga qo'yiladi;
· o'quv dasturi yakuni bo'yicha sertifikatga ega bo'lgan rahbarlarga oylik lavozim maoshining 100 foizi, rahbar o'rinbosariga – 80 foizi hamda bosh hamshiraga – 50 foizi miqdorida ustama to'lanadi;
· rahbar xodimlar uchun faoliyat samaradorligi ko'rsatkichlari (KPI) belgilanadi hamda oylik lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda ustama joriy etiladi;
· 1 yil davomida faoliyat samaradorligi ko'rsatkichlarida (KPI) ijobiy (56 foizdan yuqori) natijalarga erishmagan rahbar xodimlar lavozimidan ozod qilinadi.
Tajriba-sinov loyihasi doirasida hududiy darajadagi tibbiyot muassasalari Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ro'yxatga muvofiq tashkiliy, boshqaruv va moliyaviy jihatdan birlashtirilib ko'p tarmoqli shifoxonalarga aylantiriladi.
Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti O.Raxmonov