Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi


Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi

 

“O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-181-son, 14.05.2025-y.) qabul qilindi. Qarorga ko'ra, quyidagilar asosiy maqsadli ko'rsatkichlar etib belgilandi:

§ Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining (TIF TN) kodlarini Jahon bojxona tashkiloti va Jahon savdo tashkilotining qoidalari asosida yuritish;

§ import bojxona bojlari va TIF TN kodlarini yagona hujjat asosida tizimlashtirish.

Qaror bilan Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasniflash kodlari ro'yxati tasdiqlandi.

2027-yildan Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyg'unlashtirilgan tizimiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilishini inobatga olib TIF TNni boj tarifi bilan birgalikda yuritish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

 

 

Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti                   O.Raxmonov