Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

BIR OILАDАN BOʼLGАN QАRINDOShLАR MАKTАBDА BIRGА IShLАShI MUMKINMI?


BIR OILАDАN BOʼLGАN QАRINDOShLАR MАKTАBDА BIRGА IShLАShI MUMKINMI?

Mehnat kodeksining 121-moddasiga koʼra, Oʼzaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh boʼlgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, oʼgʼillar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʼysunishiga yoki uning nazorati ostida boʼlishiga bogʼliq boʼlsa taqiqlanadi.

Istesnolar Vazirlar Mahkamasining 133-son OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSINING MEHNАT KODEKSINI АMАLGА OShIRISh UChUN ZАRUR BOʼLGАN NORMАTIV HUJJАTLАRNI TАSDIQLАSh TOʼGʼRISIDАgi qaroriga 3-ilovada belgilangan boʼlib, unda Barcha oʼquv va tarbiya muassasalaridagi pedagog xodimlar, oʼqituvchilar, bibliograflar va kutubxonachilar bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʼysunishiga yoki uning nazorati ostida boʼlishiga bogʼliq boʼlsa ham ishlashlari mumkinligi koʼrsatilgan.

Demak, sizning vaziyatingizda oʼqituvchilar bir-birovga boʼysungan holatda ishlashlari mumkin. Shuningdek, yaqin qarindoshlar zavxoz va oʼqituvchilar, hamda qorovul xodimlar maktabda bir-biriga boʼysunuv tartibida ishlamasliklarini ham hisobga olish zarur!

 

Ohangaron shahar YXKM rahbari                           B.O’smonov