Янгиликлар
Intizomiy jazo qo’llashda tushuntirish xati olish
Intizomiy jazo qo’llashda tushuntirish xati olish
Mehnat kodeksining 313-moddasiga ko‘ra xodimlarga intizomiy jazo qo‘llashdan avval, ulardan tushuntirish xati talab qilinadi, bilasiz. Lekin shunga e’tibor berish kerakki, tushuntirish xatlari iqror va inkor mazmunida bo‘lishi mumkin.
Ya’ni, agar xodim yozgan tushuntirish xatida intizomiy qilmishni u tomonidan sodir etilganini inkor qilsa, unga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash uchun ish beruvchi yana qo‘shimcha dalillarga ega bo‘lishi lozim. Chunki, ertaga sud bu narsalarga albatta qaraydi.
Masalan, ish beruvchi tomoni qo‘shimcha o‘rganish yoki xizmat tekshiruvi o‘tkazib, natijasi bo‘yicha tuziladigan dalolatnoma (yoki ma’lumotnoma)da garchi xodim o‘z tushuntirish xatida bu narsalarni inkor qilgan bo‘lsada, uning aybli harakat (harakatsizlik)lari “falon” faktlar bilan tasdiqlandi deb ko‘rsatib o‘tish kerak.
Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti: B.Hamroyev