Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Mehnat ta’tilida bo‘lgan xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkinmi


Mehnat ta’tilida bo‘lgan xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish mumkinmi

Bu holat mehnat shartnomasining qanday asosda bekor qilinayotganiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bir qator vaziyatlarda ta’tilda bo‘lgan xodimni ishdan bo‘shatishga qat’iy taqiq qo‘yadi.

Mehnat kodeksining 163-moddasiga (https://lex.uz/docs/6257288) muvofiq, agar xodim hozirda mehnat shartnomasida yoki qonunchilikda ko‘zda tutilgan ruxsat etilgan ta’tilda bo‘lsa (masalan, yillik mehnat ta’tili yoki bola parvarishi ta’tili), u holda ish beruvchining tashabbusi bilan uni ishdan bo‘shatish man etiladi.

Ammo bundan istisno holatlar mavjud:

-         Tashkilot butunlay tugatilsa (tegishli organ qarori asosida),

-         Yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini yakunlagan bo‘lsa.

Bu hollarda ish beruvchi xodim ta’tilda bo‘lsa, ham mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin.

Agar mehnat shartnomasi muddatli bo‘lib, uning amaldagi muddati ta’til davomida tugasa, u holda ish beruvchi shartnomani 158-moddasi asosida bekor qilishi mumkin. Bu holat ta’tilning mavjudligidan qat’i nazar, qonunchilikka zid emas.

Bundan tashqari, Mehnat kodeksining 235-moddasi shuni belgilaydiki, agar mehnat shartnomasi tomonlar kelishuvi asosida bekor qilinayotgan bo‘lsa (xodimning aybi bilan emas), foydalanilmagan yillik mehnat ta’tili bo‘yicha ta’til berish yoki tovon to‘lash masalalari jamoa shartnomasi, mehnat shartnomasi yoki korxona ichki hujjatlarida belgilanishi mumkin. Bunda xodimning yozma arizasi asosida keyinchalik ta’til berilishi ham ko‘zda tutiladi.

Ya’ni xodim ta’tilda bo‘lgan paytda uni ishdan bo‘shatish mumkinmi, degan savolga javob vaziyatga bog‘liq. Tashabbus ish beruvchidan chiqayotgan bo‘lsa, bu holat faqat istisno vaziyatlargina qonuniy hisoblanadi. Aks holda, ta’til xodimni ishdan bo‘shatishdan himoya qiladi.

 

Ohangaron shahar YXKM bosh yuriskonsulti                   O.Raxmonov