Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Hadya shartnomasining shakli haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?


Savol:

Hadya shartnomasining shakli haqida tushuntirish bersangiz, uning huquqiy asoslari qanday?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 504-moddasida Hadya shartnomasining shakli belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: Hadya qilish, ayni paytda hadyani hadya oluvchiga topshirish og‘zaki amalga oshirilishi mumkin, ushbu moddaning uchinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Hadyani topshirish uni taqdim qilish, ramziy topshirish (kalit va hokazolarni taqdim qilish) yoki huquqni belgilaydigan hujjatlarni taqdim etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Ko‘char mulkni hadya qilish shartnomasi:

hadya qiluvchi yuridik shaxs bo‘lganida;

fuqarolar o‘rtasida bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq summaga shartnoma tuzilayotganda;

shartnomada kelajakda hadya etish va’da qilingan hollarda oddiy yozma shaklda tuzilishi lozim.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda og‘zaki tuzilgan hadya shartnomasi o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.

Ko‘chmas mulkni hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan avtomototransport vositalarini hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev