Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qanday majburlov choralari qo‘llaniladi?


Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qanday majburlov choralari qo‘llaniladi?

a) sud belgilaydigan shaklda jabrlanuvchidan uzr so‘rash majburiyatini yuklash;

b) o‘n olti yoshga to‘lgan shaxs zimmasiga yetkazilgan zararni o‘z mablag‘i hisobidan yoki mehnati bilan to‘lash yoki bartaraf qilish majburiyatini yuklash. Ushbu chora agar yetkazilgan zarar belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan oshib ketmagan bo‘lsa qo‘llaniladi. Boshqa hollarda yetkazilgan zarar fuqaroviy huquqiy tartibda undiriladi;

v) voyaga yetmaganni maxsus o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish.

Voyaga yetmagan shaxslarni maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida bo‘lish muddati va shartlari O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.

 

Nurafshon Shahar Adliya bo’limi

YXKM bosh yuristkonsulti                                                                                     B.A.Jumaboyev