Янгиликлар
Jazoni ijro etish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish tartibi haqida aytib bering?
Jazoni ijro etish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish tartibi haqida aytib bering?
Agar hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab:
a) uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilinganda — uch yil;
b) besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — besh yil;
v) o‘n yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — o‘n yil;
g) o‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda — o‘n besh yil ichida ijro etilmagan bo‘lsa, mahkum asosiy va qo‘shimcha jazolardan ozod qilinadi.
Agar mahkum ushbu moddada nazarda tutilgan jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlasa, jazoni ijro etish muddati ikki baravar ko‘payadi va jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan kundan boshlab hisoblanadi, lekin yigirma besh yildan oshmasligi kerak.
Agar shaxs ushbu moddada ko‘rsatilgan muddatlar o‘tmasdan qasddan yangi jinoyat sodir etsa, muddatlarning o‘tishi uziladi. Bunday holda muddatlarning o‘tishini hisoblash yangi jinoyat sodir etilgan paytdan qaytadan boshlanadi.
Agar jazo tayinlangan kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, jazoni ijro etish mumkin emas.
Nurafshon Shahar Adliya bo’limi
YXKM bosh yuristkonsulti B.A.Jumaboyev