Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Shartli hukm qilish nima?


Shartli hukm qilish nima?

Agar sud ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, xizmat bo‘yicha cheklash yoki axloq tuzatish ishlari jazolarini tayinlash vaqtida sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, aybdorning shaxsi va ishdagi boshqa holatlarni e’tiborga olib, aybdor tayinlangan jazoni o‘tamasdan turib ham uning xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin, degan qat’iy fikrga kelsa, shartli hukm qo‘llashi mumkin. Bunday holda sud, basharti, belgilangan sinov muddati davomida jazoning shartliligini bekor qilish asoslari kelib chiqmasa, tayinlangan jazoni ijro etmaslik to‘g‘risida qaror chiqaradi.

Sinov muddati bir yildan uch yilgacha belgilanib, hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Basharti, shartli hukm qilish to‘g‘risidagi qaror yuqori sud tomonidan chiqarilgan taqdirda ham, sinov muddatini hisoblash shu kundan boshlanadi.

Shartli hukm qilinganda, basharti, bunga asoslar mavjud bo‘lsa, sud mahkumga muayyan vaqt mobaynida yetkazilgan zararni bartaraf qilish, ishga yoki o‘qishga kirish, yashash joyi, ish yoki o‘qish joyi o‘zgarib qolsa, bu haqda shartli hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organga xabar berib turish, vaqti-vaqti bilan kelib bu organlarda ro‘yxatdan o‘tib turish, muayyan joylarda bo‘lmaslik, muayyan vaqtda yashash joyida bo‘lishi, alkogolizm, giyovandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish kursini o‘tashi kabi majburiyatlarni yuklashi mumkin.

Shartli hukm qilingan shaxslarning xulqi ustidan ichki ishlar organlari, harbiy xizmatchilar xulqi ustidan esa, harbiy qism yoki muassasaning qo‘mondonligi nazorat olib boradi.

Hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organning taqdimi bilan sud sinov muddati davomida unga yuklatilgan majburiyatlarning hammasini yoki bir qismini olib tashlashi yoki uning zimmasiga yangi majburiyatlar yuklashi ham mumkin.

Agar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud unga yuklagan majburiyatlarni bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini buzganligi uchun unga ma’muriy yoki intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilgan bo‘lsa sud uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasiga binoan jazoning shartliligini bekor qilib, hukmda tayinlangan jazoni ijro etish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.

 

Nurafshon Shahar Adliya bo’limi

YXKM bosh yuristkonsulti                                                                                     B.A.Jumaboyev