Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Nafaqaga chiqmoqchimisiz, ammo mehnat daftarchangizni yo‘qotganmisiz unda siqilishga xojat yo‘q.


Nafaqaga chiqmoqchimisiz, ammo mehnat daftarchangizni yo‘qotganmisiz unda siqilishga xojat yo‘q.

                                          

  

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19- avgustdagi “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini ko'rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 495-son qaroriga asosan fuqorolarning mehnat faolyatini tasdiqlovchi mehnat daftarchasi xalq tili bilan aytganda (Turdavoyniy knijka) yo’qolgan taqdirda yoki fuqoroning ish joyi yoki ish haqqi miqdori tasdiqlanmagan taqdirda fuqoro Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojat qilishlari yoki YIDXP orqali elektron ravishda uyda turgan holda ariza jo’natishlari mumkin.

 

Bunda Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojat qilsangiz, siz quyidagi hujjatlarni taqdim qilishingiz kerak bo‘ladi.

1.Fuqoroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (Pasport yoki ID karta)

2.Agar mehnat daftarchangiz mavjud bo‘lsa mehnat daftarchasi bilan birga,mavjud bo‘lmagan holatda esa siz ish joyingiz, ishga kirgan va ishdan bo‘shagan yilingiz,lavoziminggiz,ishxonaggizning o‘sha vaqtda faolyat yuritgan manzilini aytgan holda kerakli malumotlarni taqdim qilishingiz kerak bo‘ladi.

YIDXP orqali markazga tashrif buyirmasdan mustaqil ravishda ham xizmatdan foydalanishingiz mumkin bunda siz One-ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan holda, My.gov.uz sayti orqali kerakli malumotlarni to‘ldirib xizmatdan foydalanishingiz mumkin.

Ushbu xizmat bo‘yicha fuqorolarga xizmat ko’rsatish muddati :

 

Ish stajini tasdiqlashga oid maʼlumotnomalar uchun — 5 ish kunidan;

Ish haqini tasdiqlashga oid maʼlumotnomalar uchun — 20 ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.

 

Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Fuqoroning mobil aloqa nomeri SMS xabarnoma uchin arizaga kiritib qo‘yiladi va fuqoroga xizmat ko‘rsatilgach qo‘l telefoniga sizga xizmat ko‘rsatildi mazmunidagi SMS xabarnoma jo‘natiladi. Fuqoro SMS malumotnoma kelgach, ariza raqami yoki paspurti orqali istalgan Davlat xizmatlari markzidan arizasiga javob olishi, yoki YIDXP orqali uyda o‘tirgan holatda ham olishi mumkin.

 

Davlat xizmatlari orqali berilgan ariza va ariza beruvchi shaxsi sir saqlanishi taminlanadi.

Qibray tuman Davlat xizmatlari markazi xodimi:

Abdiyev Nematjon Sanoqulovich