Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

ELEKTRON RAQAMLI IMZO KALIT OLISH QANAQA TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI???


ELEKTRON RAQAMLI IMZO KALIT OLISH QANAQA TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI???

 

Bugungi kunda, aholining ijtimoiy muhofaza qilish, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bir qator qonun hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Xususan, elektron raqamli imzo kalit O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-may kunidagi “Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash haqida”gi 348-son Qarori bilan tartibga solinishi nazarda tutilgan.

Xususan, mazkur qarorning 1-ilovasi 2-bandiga muvofiq davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali ERI kalitlarini ro‘yxatga olish va ERI kalitlari sertifikatlarini berish “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlaydigan ERI kalitlarini ro‘yxatga olish va ERI kalitlari sertifikatlarini berish” davlat xizmatlari sifatida ko‘rsatiladi.

ERI kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ERI kalitlarining sertifikatlarini olish uchun jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar davlat xizmatlari markazlariga bevosita yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal yoki rasmiy axborot resursi orqali elektron tarzda murojaat qiladilar.

Murojaat etuvchi ERI kalitining sertifikatini olish uchun yig‘im to‘laydi. ERI kalitining sertifikatini olish uchun Yagona portal orqali murojaat etilganda, ushbu Ma’muriy reglamentning 5-bandida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning o‘quvchilariga, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi sinf o‘quvchilariga, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan fuqarolarga ERI kalitlari sertifikatlari bepul beriladi.

Agar ERI yopiq kaliti egasi yuridik shaxsning vakili (yuridik shaxsning rahbari bundan mustasno) bo‘lsa, so‘rovnomaga ERI yopiq kaliti egasining familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi ko‘rsatilgan hamda ushbu ERI yopiq kaliti egasiga ERI kalitlarini va ERI kalitining sertifikatini berish to‘g‘risida yuridik shaxsning xati (ishonchnoma) ilova qilinadi.

Davlat xizmatlari markazi ERI kalitining sertifikatini berish to‘g‘risidagi so‘rovnomani qabul qilganidan so‘ng yigirma daqiqa vaqt ichida undagi ma’lumotlarni Davlat xizmatlari markazi xodimining ERI bilan tasdiqlangan holda vakolatli organning axborot tizimiga idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yo‘li bilan yuboradi.

Vakolatli organning axborot tizimida Davlat xizmatlari markazi tomonidan yuborilgan va Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali kelib tushgan ma’lumotlar ko‘rib chiqilib, real vaqt rejimida ERI kalitining sertifikati rasmiylashtiriladi yoki ERI kalitining sertifikatini berish asosli ravishda rad etiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, fuqarolar tomonidan o‘zlari yashab turgan tuman(shahar) davlat xizmatlari markaziga murojaat etishlari yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tishlari orqali amalga oshirilishi mumkin.

Qibray tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish sho‘basi boshlig‘i Abdusattorov Jaxongir Jalolovich