Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Harbiy xizmatdan ozod etish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish tartibi qanday?


Harbiy xizmatdan ozod etish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish tartibi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 20 noyabrdagi “Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 612-son qaroriga muvofiq, Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid YAGONA MA’MURIY REGLAMENTining 4- ILOVAsida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan, harbiy xizmatga chaqirilish yoshidagi jismoniy shaxslarni harbiy xizmatdan ozod etish to‘g‘risida ma’lumotnomalar berish nazarda tutilgan.

Harbiy xizmatdan ozod etish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani beruvchi asosiy organlar – Mudofaa ishlari bo‘limlari hisoblanib, ular fuqarolarning harbiy xizmatga chaqirilishiga yoki undan ozod etilishiga oid barcha masalalarni tartibga soladilar.

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun arizachi fuqarolarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tib, so‘rovnoma to‘ldiradi hamda Mudofaa vazirligiga yuboradi. Mudofaa ishlari bo‘limlari ariza topshirilgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida ma’lumotnoma rasmiylashtirib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali arizachiga yuboradi.

Harbiy xizmatdan ozod etish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma uchun to‘lov talab etilmaydi. Ushbu xizmatdan foydalanish uchun arizachidan shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar, xususan albatta familiyasi, ismi va otasining ismi (agar o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar), pasport yoki ID-karta ma’lumotlari, yashash manzili, elektron manzil (agar mavjud bo‘lsa), shuningdek telefon raqami hamda taqdim etiladigan ma’lumotnoma tilni (o‘zbek yoki rus) taqdim etishlari talab etiladi.

 

Qibray tumani Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi Juraev Akbar Abdushukur oʻgʻli