Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

BOLANI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA JOYLASHTIRISH BO‘YICHA DAVLAT XIZMATI KO‘RSATISH QANAQA TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI???


BOLANI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA JOYLASHTIRISH BO‘YICHA DAVLAT XIZMATI KO‘RSATISH QANAQA TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI???

Bugungi kunda, aholining ijtimoiy muhofaza qilish va fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bir qator qonun hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Xususan, bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-mart kunidagi “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 244-son Qarori bilan tartibga solinishi nazarda tutilgan.

Xususan, mazkur qarorning 1-ilovasi 8-bandiga muvofiq ota-onalar, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uchinchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchilar) yo‘llanmalar olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zlari kelib murojaat qiladilar yoki elektron shaklda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun otasi yoki onasi (farzandlikka oluvchisi) mustaqil ravishda YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadilar.

Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa, ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil ravishda yoki vakolatli organ xodimlari yordamida, Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytida hamda YIDXPda joylashtirilgan ma’lumotdan foydalangan holda, ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha to‘ldiriladi.

Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.

Bolalarni tashkilotga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.

Bolalarning I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari; ko‘p bolali oilalarning bolalari; yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar; tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxslarning bolalari; “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan kam ta’minlangan hamda kambag‘al oilalarning bolalari; “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari; kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlarining bolalari; talabalar va pedagoglarning bolalari; akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar; ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar kabi kontingenti so‘rovnomalari imtiyozli ro‘yxatga kiritilishi belgilangan.

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun bergan so‘rovnomasidagi telefon raqamini istalgan vaqtda o‘zgartirishi mumkin. Ariza beruvchi so‘rovnomadagi telefon raqamini o‘zgartirish bo‘yicha Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelgan holda yoki YIDXP orqali elektron murojaat qiladi. Bunda so‘rovnomadagi telefon raqami yangi kiritiladigan telefon raqamiga keladigan tasdiqlash kodini kiritish yo‘li bilan o‘zgartiriladi.

MTBAT tomonidan bolalarni tashkilotga joylashtirish bo‘yicha yo‘llanma shakllanganligi haqidagi xabarnomalar tanlangan tashkilotga va ariza beruvchining telefon raqamiga yuboriladi.

Bolalarni tashkilotga qabul qilish ariza beruvchi xabarnomadagi tasdiq kodini taqdim etgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida tashkilotning buyrug‘ini chiqarish orqali rasmiylashtiriladi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, fuqarolar tomonidan o‘zlari yashab turgan tuman(shahar) davlat xizmatlari markaziga murojaat etishlari yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tishlari orqali amalga oshirilishi mumkin.

Qibray tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi Xayridinova Munira Shakirjanovna