Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YO‘LOVCHILARNI VA YUKLARNI TASHISHGA LITSENZIYA OLISH QANAQA TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI???


AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YO‘LOVCHILARNI VA YUKLARNI TASHISHGA LITSENZIYA OLISH QANAQA TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI???

 

Bugungi kunda, aholining ijtimoiy muhofaza qilish va fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bir qator qonun hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Xususan, avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni tashishga litsenziya olish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyul kunidagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 636-son Qarori bilan tartibga solinishi nazarda tutilgan.

Xususan, mazkur qarorning 1-ilovasi 1-bandiga muvofiq avtomobil transportida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalashga oid ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatadi.

Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.

Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yoki “Litsenziya” AT ro‘yxatdan o‘tadi.

Ariza beruvchi ushbu davlat xizmati bo‘yicha so‘rovnoma to‘ldirayotganda, o‘zini o‘zi band qilgan shaxsni davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatidan kompozit usulda foydalanishi mumkin.

So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Litsenziyalovchi organ davlat boji tushgan vaqtdan boshlab bir ish kunida
QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan litsenziya/litsenziya varaqalarini rasmiylashtiradi hamda tegishli davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP/“Litsenziya” AT orqali elektron shaklda yuboradi.

Davlat xizmatlari markazi, QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan litsenziya/litsenziya varaqalari tushgandan so‘ng 10 daqiqada uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra, unga QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan litsenziya/litsenziya varaqalarini elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda muhrini bosib berish yo‘li bilan taqdim etishi mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olib, fuqarolar tomonidan o‘zlari yashab turgan tuman(shahar) davlat xizmatlari markaziga murojaat etishlari yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tishlari orqali amalga oshirilishi mumkin.

Qibray tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish sho‘basi boshlig‘i Sharayev Alijon Alimdjanovich