Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASINI YANGILASH ALMASHTIRISH HAMDA QAYTA TIKLASH QAY TARTIBDA HAMDA QAYSI ORGAN TOMONIDAN AMALGA OSHIRILADI?


HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASINI YANGILASH ALMASHTIRISH HAMDA QAYTA TIKLASH QAY TARTIBDA HAMDA QAYSI ORGAN TOMONIDAN AMALGA OSHIRILADI?

30-iyun kuni O‘zbekistonda 2010−2012-yillarda berilgan haydovchilik guvohnomalari va “texpasport”larning amal qilish muddati tugadi. Shu bois
1-iyuldan eski hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. Ularni YHXB bo‘linmalari, Davlat xizmatlari markazlari yoki internet orqali yangisiga almashtirish mumkin. Shu kundan boshlab eski hujjatlar haqiqiy emas deb topilib, ularni almashtirishga ulgurmagan haydovchilar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning
135-moddasiga muvofiq yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi bo‘yicha javobgarlikka tortilishi kerak (jarima — BHMning 1 baravari yoki 330 ming so‘m).

Shuningdek, haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun internet orqali  Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga murojaat qilish mumkin. Jarayon avtomatlashtirilgan — tayyor hujjatni tanlangan davlat xizmatlari markazidan yoki pochta orqali ikki ish kuni ichida (qo‘shimcha to‘lov 25 ming so‘m evaziga) olish mumkin. Ko‘rsatma quyida keltirilgan.

12-aprel kuni “Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish tartibini soddalashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori [152-son] qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.Qarorga ko‘ra, 2023-yil 15-apreldan milliy haydovchilik guvohnomasini, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham ariza beruvchilarning bevosita ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.

Bunda:milliy haydovchilik guvohnomasiga ariza beruvchilarning bosh barmoq izi ma’lumotlari joylashtiriladi, agar axborot tizimlarida ariza beruvchilarning bosh barmoq izi ma’lumotlari mavjud bo‘lmagan taqdirda ariza beruvchilar o‘zlarining imzo namunasini elektron shaklda taqdim etadi;

milliy haydovchilik guvohnomalarini olish hamda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish bo‘yicha arizalar ariza beruvchilarning YAIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali onlayn tarzda har kuni, dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin;

yangi rasmiylashtirilgan milliy haydovchilik guvohnomalarini pochta orqali olish imkoniyati yaratiladi.

Yo‘qolgan «prava»ni qayta tiklash uchun imtihon topshirish tizimi bekor qilindi

A toifa — mototsikllar va ularga tenglashtirilgan avtotransport vositalari;

B toifa — 8 kishiga mo‘ljallangan va maksimal og‘irligi 3500 kg gacha bo‘lgan transport vositalari tirkamasiz yoki 750 kg gacha bo‘lgan tirkama bilan bo‘lishi mumkin. Agar tirkamaning maksimal massasi 750 kg dan ortiq bo‘lsa, lekin transport vositasining yuksiz og‘irligidan kam bo‘lsa, ularning umumiy maksimal massasi 3500 kg dan oshmasligi kerak.

C toifa — og‘irligi 3500 kg dan ortiq bo‘lgan transport vositalari. Tirkamali yoki tirkamasiz, uning ruxsat etilgan maksimal og‘irligi 750 kg gacha.

D toifasi — haydovchi o‘rindig‘idan tashqari 8 dan ortiq o‘rindiqli yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalari, maksimal og‘irligi 750 kg bo‘lgan tirkama bilan biriktirilgan "D" toifali transport vositalari,Har bir toifaga “E” harfi qo‘shilsa, haydovchi tirkamali transport vositalarini boshqarishi mumkin bo‘ladi. Muddati o‘tgan guvohnoma bilan transport vositasini boshqarganlik uchun haydovchilar ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasiga asosan javobgarlikka tortiladi.

Misol uchun agar haydovchi 2014-yilda berilgan guvohnoma bilan 2024-yil 15-fevralda YPX xodimi tomonidan to‘xtatilgan bo‘lsa, uning guvohnomasi muddati o‘tgan hisoblanadi va unga 1 mln 350 ming so‘mdan 2 mln 700 ming so‘mgacha jarima solinadi.

 

Qibray tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi Musurmonova Farangiza Akmal qizi