Янгиликлар
Davlatning rasmiy va qisqartirilgan nomini firma nomiga kiritish tartibi qanday?
Davlatning rasmiy va qisqartirilgan nomini firma nomiga kiritish tartibi qanday?
Fuqarolik kodeksi 46-moddasiga asosan Yuridik shaxs o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklini bildiradigan nomiga ega bo‘ladi.
Yuridik shaxsning nomiga to‘la yoki qisqartirilgan rasmiy nomni (davlatning nomini) kiritishga, yuridik shaxs hujjatlarining rekvizitlariga yoki reklama materiallariga ana shunday nomni yoxud davlat ramzlari elementlarini qo‘shishga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 65-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlatning rasmiy va qisqartirilgan nomini firma nomiga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”ga asosan davlatning nomi quyidagi yuridik shaxslarga beriladi:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyati tashkil etiladigan yuridik shaxslar, agar ularning nomlari tegishli hujjatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan bo‘lsa;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan davlat muassasalari;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari;
respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar birlashmalari;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalarining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan murojaatlari asosida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar.
Mazkur Reglamentning 1-bandida ko‘rsatilgan yuridik shaxslar davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Tizimdagi shaxsiy kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, Tizim orqali murojaat etgan taqdirda esa, ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari nusxalari — ushbu hujjatlarga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyati tashkil etiladigan yuridik shaxslar uchun;
tegishli davlat organi va tashkilotining qarori (buyrug‘i) — davlat muassasalari uchun;
tegishli davlat hokimiyati (respublika yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari) organining xo‘jalik jamiyati ustav fondiga ulush kiritish to‘g‘risidagi qarorlari (buyruqlari) — ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari uchun;
respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar birlashmalarini tashkil etish to‘g‘risida a’zolar umumiy yig‘ilishining tasdiqlangan bayonnomasi, dastlabki ta’sis hujjatlari (ustav va ta’sis shartnomasi) — respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar birlashmalari uchun;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalarining murojaatlari — xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun.
So‘rovnomaga ilova qilinadigan hujjatlar PDF formatida bo‘lishi lozim.
Bunda ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, davlat xizmatidan foydalanish uchun o‘zining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi, vakolatli shaxs yuridik shaxs rahbari bo‘lgan holatlar bundan mustasno.
Ohangaron tuman Davlat xizmatlari
markazi sho‘ba boshlig‘i
Azamov Abdulhay Baxtiyorjon o‘g‘li