Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilmoqda


Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilmoqda

 

Kambag‘al oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini hayotga keng tatbiq etish doirasida yanada jadallashdi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida” 2024-yil 23-sentabrdagi PF-143-son Farmoni hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330-son qarori ijrosi doirasida chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Mazkur islohotlarning davomi bo‘lib, joriy yil 12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘al oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-84 sonli Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan kambag‘al oilalarni 2025 yil 15-maydan “qizil”, va “sariq” va “yashil” toifalarga ajratish va ularning toifasiga qarab qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rsatish belgilandi. 2025 yil 1-iyundan boshlab Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalar uchun belgilangan ijtimoiy xizmatlar, yordamlar va imtiyozlar Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga ham tatbiq qilinadi.

Xususan, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda belgilangan bojlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlarni to‘lashda “sariq” toifaga kiritilgan oilalarga 50 foiz, “qizil” toifaga kiritilgan oilalarga esa 75 foiz miqdorda chegirmalar qo‘llanilishi belgilandi. Bu orqali, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamda “sariq” toifaga kiritilgan kambag‘al oilalarga davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha
50 foiz miqdorida, “qizil” toifaga kiritilgan oilalarga esa 75 foiz miqdorda chegirmalar qo‘llaniladigan bo‘lmoqda.

Shuningdek, Farmonning 2-ilovasiga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali shaxsning kambag‘al deb e’tirof etilgan oilaning a’zosi ekanligi haqidagi ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi.

 

Ohangaron tuman Davlat xizmatlari

markazi sho‘ba boshlig‘i                                                                 

Azamov Abdulhay Baxtiyorjon o‘g‘li