Янгиликлар
O‘z Diniy e’tiqodimdan kelib chiqib, o‘g‘limni diniy talim olishi uchun Fiqh ilmi sohasida bilimga ega bo‘lgan domlaga shogirdlikga bersam bo‘ladimi?
O‘z Diniy e’tiqodimdan kelib chiqib, o‘g‘limni diniy talim olishi uchun Fiqh ilmi sohasida bilimga ega bo‘lgan domlaga shogirdlikga bersam bo‘ladimi?
Javob:O‘zbekiston Rspublikasining 2025 yil 20 fevraldagi №1035 Qonunida quyidagilar belgilab qo‘yilgan:
Keyingi yillarda Mamlakatimizda bolaning bilim olish huquqi kafolatlarini mustahkamlash, talimg oid xizmatlarning xalqaro standartlar asosida ko‘rsatilishini tashkil etish, bolalarning ma’naviy va jismoniy jixatdan kamol topishiga ko‘maklashish bo‘yicha bir qator tadbirlar amlga oshirilmoqda.Bolalarning umumiy o‘rta, o‘rta mxsus ta’lim yoki boshlang‘ich professional ta’lim olishini taminlashda.ularning intelektual, ma’naviy va jismoniy jixatdan kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratishda ota onalarning o‘rni katta axamiyatga ega.Ularning -bolalarni o‘qitishga doir majburiyatlarini bajarish borasidagi ma’suliyatini kuchaytirish, shuningdek bolaning bilim olish huquqi kafolatlarini ta’minlash maqsadida Mamuriy javobgarlik Kodeksiga xamda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ iga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z bolasini shaxsiy e’tiqodlariga muvofiq diniy va ahloqiy jixatdan tarbiyalash huquqiga ega. Ular tomonidan o‘z bolasini qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olishga jalb etishga,yani bolani ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki litsenziyaga ega bo‘lmagan va diniy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha markaziy boshqaruv organining ruxsatisiz diniy ta’limni amalga oshirayotgan shaxslarga diniy ta’lim olish uchun topshirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ohangaron tuman adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi Direktori
Axmedov G’ayrat