Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Yashash joyidan olis viloyatda mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetkazganlik bo‘yicha zararni undirish uchun Ish beruvchi va korxona joylashgan joyga murojaat qilish shartmi?


Yashash joyidan olis viloyatda mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetkazganlik bo‘yicha zararni undirish uchun Ish beruvchi va korxona joylashgan joyga murojaat qilish shartmi?

Javob: Da’vogar mayib bo‘lganlik yoki sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetkazganlik yoxud boquvchisining o‘limi natijasida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volarni o‘zi yashab turgan joyda ham taqdim etishi mumkin. Fuqaroning yoki yuridik shaxsning mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar zarar yetkazilgan joyda ham qo‘zg‘atilishi mumkin. Da’vo bir necha javobgarlarga nisbatan berilib, ular turli joylarda yashashsa yoki turishsa, ularga nisbatan da’vo da’vogarning tanlashi bo‘yicha javobgarlardan biri yashaydigan yoki turgan joydagi sudga berilishi mumkinligi ham qonunda o‘z aksini topgan.

Ishga tiklash haqidagi ish bo‘yicha javobgar-ish beruvchi tomonidan qarshi talablar qo‘yilsa, masalan, bevosita pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilayotgan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini xodimga ishonch yo‘qolishi tufayli ish beruvchi tomonidan bekor qilishning qonuniyligi yuzasidan yuritilayotgan ish bo‘yicha ish beruvchi xodimga ishonchsizlikni bildirishga asos bo‘lib xizmat qilgan o‘sha moddiy zararni undirish haqida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilsa va sud uni qarshi da’vo sifatida qabul qilsa, mazkur da’voning sudlovga taalluqliligi birlamchi da’voning sudlovga taalluqliligi bilan belgilanadi.

Ohangaron tuman adliya bo’limi

davlat xizmatlari markazi bo’lim bosh mutaxassis

Nsanbayeva Lazzet