Янгиликлар
Hududiy sudlovga taalluqlilik terminini tushintirib bering?
Hududiy sudlovga taalluqlilik terminini tushintirib bering?
javob: Hududiy sudlovga taalluqlilik umumiy qoidalarga ko‘ra belgilanadi. Ishga tiklash bo‘yicha da’vo arizalari javobgar — yuridik shaxs joylashgan manzil bo‘yicha beriladi, bunda yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tgan joy uning joylashgan manzili deb belgilanadi, qonun yoki ta’sis hujjat larida ko‘rsatilgan boshqa holatlar bundan mustasno.
Agar ishga tiklash bo‘yicha da’vo arizasida ish beruvchi — javobgar sifatida jismoniy shaxs ko‘rsatilgan bo‘lsa, da’vo arizasi jismoniy shaxsning yashash joyi bo‘yicha beriladi. FPK normalari bilan belgilangan mehnatga doir huquqlarni tiklashga oid da’volarning sudlovga taalluqliligining muqobil shakli, jumladan da’vogarning yashash joyi bo‘yicha taalluqlilik, ishga tiklash ishlariga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin, agarda bunda mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy hukm qilish, g‘ayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida g‘ayriqonuniy qamoqqa olish natijasida bekor qilingan bo‘lsa. Shu bilan bir vaqtda, agar da’vogar u bilan mehnat shartnomasini tuzgan tashkilot filialidan ishdan bo‘shatilgan bo‘lsa, unda da’vogar ishga tiklash to‘g‘risidagi talabini ko‘rib chiqish joyini o‘zi tanlash huquqiga ega bo‘ladi. Bu holatda xodim da’voni ish beruvchi — yuridik shaxsga nisbatan uning filiali joylashgan manzildagi sudga berishi ham mumkin.
Ohangaron tuman adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi bo’lim bosh mutaxassis
Nsanbayeva Lazzet