Янгиликлар
Turmush o‘rtog‘imni nohaqdan ishdan bo‘shatishmoqchi.Shu masalada menga MNK-Mehnat nizolari komissiyasiga murojaat qilish huquqim bo‘yicha tushuncha bersangiz?
Turmush o‘rtog‘imni nohaqdan ishdan bo‘shatishmoqchi.Shu masalada menga MNK-Mehnat nizolari komissiyasiga murojaat qilish huquqim bo‘yicha tushuncha bersangiz?
Javob: MKning 270-moddasida sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga (keyinda MNK deb yuritiladi) murojaat etish uchun quyidagi muddatlar belgilangan:
• ishga tiklash nizolari bo‘yicha— xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy; • xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to‘lash haqidagi nizolar bo‘yicha — zarar yetkazilganligi ish beruvchiga ma’lum bo‘lgan kundan boshlab bir yil;
• boshqa mehnat nizolari bo‘yicha — xodim o‘z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab uch oy.
Ushbu moddada belgilangan muddatlar uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, bu muddatlar sud yoki MNK tomonidan qayta tiklanishi mumkin. Xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga doir nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilish uchun muddat belgilanmaydi.
Ohangaron tuman adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi bo’lim bosh mutaxassis
Umarov Bobomurod