Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Sud xarajatlaridan ozod qilish mohiyati yuzasidan tushuncha bersangiz?


Sud xarajatlaridan ozod qilish mohiyati yuzasidan tushuncha bersangiz?

Yakka mehnat nizolarini sudda ko‘rib chiqishning protsessual xususiyat lari MK va Fuqarolik protsessual kodeksi (keyinda FPK deb yuritiladi) normalari bilan belgilanadi. MKning 277-moddasi va Soliq kodeksining 329-moddalariga asosan, xodimlar mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talab lar bo‘yicha sudga murojaat qilganlarida sud xarajatlarini to‘lashdan ozod etiladilar. Ushbu qoida sudda ishlarni ko‘rishning barcha hollariga, shu jumladan, sudga bevosita murojaat qilish, MNK qarori ustidan sudga shikoyat berish yoki yakka mehnat nizosini sudga ko‘chirishga nisbatan qo‘llaniladi. Shu bilan birga, nazarda tutish kerakki, davlat bojini to‘lashdan faqatgina da’vogar ozod etiladi, da’vo qanoatlantirilgan taqdirda 13 1-bob. sud davlat foydasiga javobgardan davlat daromadiga davlat bojini undiradi. Bundan tashqari, xodimlar ishni ko‘rish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lashdan ozod etiladilar. FPKning 109-moddasiga muvofiq, ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar; joyga borib ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar; sudning hal qiluv qarorini ijro etish bilan bog‘liq xarajatlar kiradi. FPKning 114-moddasiga muvofiq, hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan vakilning yordami uchun to‘lashga ketgan xarajatlarni oqilona miqdorlarda undirib beradi. Agar hal qiluv qaroriga binoan haqli bo‘lib chiqqan tarafga advokat belgilangan tartibga muvofiq bepul yordam ko‘rsatgan bo‘lsa, bu summa boshqa tarafdan advokatlar byurosi (hay’ati, firmasi) foydasiga undiriladi. Bundan tashqari, hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan, garchi bu taraf davlat daromadiga tushadigan sud xarajatlarini to‘lashdan ozod etilgan bo‘lsa-da, ish bo‘yicha qilingan hamma xarajatlarni undirib beradi. Agar arz qilingan talablar qisman qanoatlantirilgan bo‘lsa, FPKning 114-moddada ko‘rsatilgan summalar javobgardan da’vogarga talablarning sud qanoatlantirgan qismiga mutanosib ravishda, javobgarga esa, da’vogardan u arz qilgan talablarning rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirib beriladi. Agar xodimning talablari sudning hal qiluv qarori bilan qanoatlantirilsa, xodim advokat (vakil)ning xizmatlariga ketgan xarajatlarini qoplashni ham talab qilishi mumkin. Bunda ushbu xarajatlar ularning hisob-kitobi, huquqiy yordam ko‘rsatish shartnomasi, xizmat to‘lovi amalga oshirilganligini tasdiqlovchi kvitansiya va boshqa hujjatlar asosida aniqlanadi.

Ohangaron tuman adliya bo’limi

davlat xizmatlari markazi bo’lim bosh mutaxassis

Umarov Bobomurod