Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Qonuniy nikohda bo`lmagan ota-onalarning farzandlariga tug`ilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish tartibi va qonuniy nikohnnig ahamiyati


Qonuniy nikohda bo`lmagan ota-onalarning farzandlariga tug`ilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish tartibi va qonuniy nikohnnig ahamiyati

    Parkent tumani 2-son FHDY bo`limi tomonidan joriy yil mobaynida 15 nafar qonuniy nikohda bo`lmagan ota-onalarning farzandlariga tug`ilganlik guvohnoma rasmiylashtirildi hamda 20 nafar sha`riy nikoh asosida yashayotgan fuqarolarning nikohlari qonuniylashtirildi.Avvalombor qonuniy nikohda bo`lmagan ota-onalarning farzanlariga tug`ilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish va qonuniy nikohning ahamiyati haqida bilib olsak.

Tug‘ilishni qayd etish bilan bir vaqtda, nikohda bo‘lmagan ota-onadan tug‘ilgan bolaga otalikni belgilash ota va onaning FHDY organiga birgalikda bergan arizasi asosida amalga oshiriladi.

Agar bolaning onasi boshqa shaxs bilan qonuniy nikohda turgan bo‘lsa, otalikni belgilash to‘g‘risidagi arizaga nikohda turgan erning u bilan qonuniy nikohda bo‘lgan onadan tug‘ilgan bolaga nisbatan otalikni belgilashga yoki bolaning tug‘ilishini yolg‘iz ona arizasi asosida qayd etilishiga notarial tasdiqlangan roziligi ilova qilinishi yoki u FHDY organiga kelib bunga yozma ravishda o‘z roziligini bildirishi lozim. Bunday rozilik FHDY organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Yolg‘iz onadan tug‘ilgan bolaning tug‘ilishini qayd etishda yolg‘iz (qonuniy nikohda bo‘lmagan) ona tomonidan FHDY organiga onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma ariza taqdim etiladi.

Yolg‘iz onaning arizasida ona va otaning familiyasi bir xilda — onaning familiyasi bo‘yicha ko‘rsatilishi lozim.

Bolaning familiyasi esa onaning familiyasi yoki milliy an’analarga ko‘ra ona tomonidan boboning ismi bo‘yicha berilishi mumkin.

Tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvini qayd etishda yolg‘iz ona shaxsan ishtirok etolmagan taqdirda onaning arizadagi imzosi tibbiyot muassasasi yoki jazoni ijro etish muassasasi mansabdor shaxsining imzosi va ushbu muassasaning gerbli muhri bilan yoxud notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi shart.

Otalikni belgilash haqidagi ariza FHDY organiga bola tug‘ilgungacha, bolaning tug‘ilishini qayd etish bilan bir vaqtda yoki bolaning tug‘ilishi qayd etilgandan so‘ng berilishi mumkin.

Otalikni ishonchnoma orqali belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Sudning otalikni belgilash haqidagi hal qiluv qaroriga asosan bolaning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga otasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish mazkur hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda ariza beruvchi tomonidan sudning hal qiluv qarori va bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi taqdim qilinishi zarur.

Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi boshqa FHDY organida qayd etilgan bo‘lsa, otalikni belgilash haqidagi arizani qabul qilgan FHDY organi ariza kelib tushgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida dalolatnoma yozuvini qayd qilgan FHDY organiga dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritish haqida elektron axborot tizimi orqali xabarnoma yuboradi.

Otalikni belgilash 16 yoshga to‘lgan shaxsga nisbatan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, u holda dalolatnoma yozuvidagi ota haqidagi ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 28-bobida belgilangan familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish kiritish tartibida amalga oshiriladi.

Qonuniy nikohnnig ahamiyati

    Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ro`yxatga olingan paytdan boshlab nikohni tuzganlar er-xotin deb hisoblanadilar va shu paytdan e`tiboran ular o`rtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi.

 

Parkent tumani 2-son FHDY bo`limi

mudirasi Axrolova Saodat Uktamovna