Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning huquqiy axamiyati.


 Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning huquqiy axamiyati.

 

Qonun fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoyalashni hamda davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda, fuqarolar hayotidagi muhim voqealar — tug‘ilish, nikoh tuzish, o‘lim va insonning muhim sub’ektiv huquqlari va majburiyatlarining yuzaga kelishi, o‘zgarishi va to‘xtatishiga sabab bo‘ladigan boshqa holatlarning vakolatli organlarda qayd etilishini belgilaydi.

Fuqarolik holatini qayd etish fuqarolarning huquq va burchlari paydo bo‘lishiga sabab bo‘lib xizmat qiluvchi hujjat (gerbli guvohnoma) berish uchun asos bo‘ladi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning ahamiyati shundaki, unga asosan FHDYo organi tomonidan berilgan guvohnoma va unda ko‘rsatilgan faktning to‘g‘riligini tasdiqlovchi shaksiz dalil hisoblanadi.

Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bolaning tug‘ilganligini, uning ota-onasi kim ekanligini tasdiqlovchi yagona hujjatdir.

Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma — bu nikohdan o‘tgan shaxslarning er-xotinligini tasdiqlovchi va ular o‘rtasida o‘zaro huquq va majburiyatlarning vujudga kelganligini ifodalovchi hujjatdir.

Nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma nikohda bo‘lgan shaxslarning nikohi tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

O‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma shaxsning o‘limini va uning huquqiy layoqati tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

            Shu jumladan Parkent tumani 2-son FHDYo bo‘limiga Vazirlar Maxkamasining 2023 yil 20 oktabrdagi 550 son qarori ya’ni Nikoh,oila va Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish to‘g‘risidagi qarorning 4 chi ilovasiga binoan ya’ni Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq tibbiyot muassasalarida tug‘ruq bo‘limlarida bolaga beriladigan barcha ma’lumotlarni familiya, ism,ota ismi bo‘yicha maxsus elektron blankka kiritadi va QR-kod qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani beradi .Bu ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga tenglashtiriladi biroq, joriy yil mobaynida 150 nafar bolalarga fuqarolarning murojaatlariga asosan tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomalar rasmiylashtirildi.Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi PF -80 sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024 yil 28 maydagi 170-um son buyrug‘i ijrosi yuzasidan “uyma-uy yurish” hamda “huquqiy ko‘mak ” aksiyalarida o‘rganishlar natijasida 5 nafar bolaga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirilmaganligi aniqlanib , yuqorida aytib o‘tilgan 5 nafar bolalarga muddati o‘tgan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnomalar qayd etildi. 75 nafar yosh oilalar nikohlari qayd etildi, yuqorida keltirib o‘tilgan aksiya mobaynida shaharchamizdagi oilalar uyma uy yurib o‘rganilganda 15 nafar sha’riy nikohda yashab kelayotgan oilalar aniqlandi ularga huquqiy ko‘mak ko‘rsatilib nikohlari qonuniylashtirildi. Ming afsuski shuncha say xarakatlarga, hamda tuman oila xotin qizlari komissiyalari bilan muntazam suxbatlar tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan 20 nafar oila nikohdan ajralganlik dalolatnomalari qayd etildi.

 

 

 

Parkent tumani 2-son FHDYo bo‘limi mudirasi     

       Axrolova   Saodat Uktamovna