Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 20 OKTABRDAGI 550 SONLI QARORIGA ASOSAN Tug`ilishni kompozit qayd etish tartibi belgilab o`tilgan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2023 yil 20 OKTABRDAGI 550 SONLI QARORIGA ASOSAN
Tug`ilishni kompozit qayd etish tartibi belgilab o`tilgan.
Bola tug‘ilgan joydagi tibbiyot muassasasi xodimi bola tug‘ilganidan so‘ng 1 ish kuni ichida bola va unga beriladigan familiya, ism va ota ismi, ota-ona va ularning nikohi haqidagi ma’lumotlarni “Tug‘ilishni elektron ro‘yxatga olish” axborot almashinuvi tizimiga kiritadi.
Bunda, bolaning ota-onasiga tegishli ma’lumotlar ota-onalarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va ularning nikohi haqidagi ma’lumotlar nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma asosida kiritiladi.
Ma’lumotlar avtomatik ravishda “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimiga yuboriladi
1 ish kuni davomida bola, ota-ona va ularning nikohi haqidagi ma’lumotlarni Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga asosan tekshirib, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va ushbu QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi hamda davlat xizmatlaridan kompleks tarzda foydalanishni ta’minlash uchun bola haqidagi ma’lumotlarni vakolatli organlarning axborot tizimlariga yuboradi;
Ariza beruvchilarning istalgan vaqtdagi talabiga asosan tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomani eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beradi.
Bunda ariza beruvchilar bola tug‘ilganligi haqida guvohnomani olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron so‘rovnoma to‘ldiradi yoki bevosita FHDY bo‘limiga murojaat qiladi.
Parkent tumani 2-son FHDYo bo‘limi mudirasi
Axrolova Saodat Uktamovna