Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Farzandlikka olish tartibidan xabardormisiz


 

Farzandlikka olish tartibidan xabardormisiz

 

 

Farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning manfaatlarini ko`zlab yo`l qo`yiladi.

Voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo`lishi mumkin, biroq , Ota –onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar, qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar, asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida ro`yhatda turuvchilar farzandlikka olishlariga yo`l qo`yilmaydi.

O`n yoshga to`lgan bolani farzandlikka olish uchun uning roziligi talab qilinadi.Farzandlikka olishda bolaning roziligi vasiylik va homoylik organlari yoki sud tomonidan farzandlikka olish to`g`risidagi ish ko`rib chiqilayotganda aniqlanadi.

Farzandlikka olish haqida o‘zgartirishlar kiritish sudning hal qiluv qarori asosida tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDY organida, farzandlikka olingan bolaning tug‘ilgan joyi o‘zgartirilganda esa — hal qiluv qarorida ko‘rsatilgan joydagi FHDY organida, hal qiluv qarorida ko‘rsatilmagan bo‘lsa farzandlikka oluvchilarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.

    Farzandlikka olishni rasmiylashtirishda FHDY organiga:

sudning qonuniy kuchga kirgan farzandlikka olish haqidagi qaroridan ko‘chirma;

farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi;

farzandlikka oluvchi(lar)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.

   Bolaning farzanlikka olish uchun farzandlikka olinayotgan bola ota –onasining roziligi talab etiladi.Biroq Sud tomonidan farzanlikka olish to`g`risidagi hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar ota-ona bolaning farzandlikka olinishiga bergan roziligini qaytari olishga haqli.

Farzandlikka oluvchilar murojaat qilgan FHDY organi dastlabki dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDY organi va adliya boshqarmasining idoraviy FHDY arxiviga uni bekor qilish haqida “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali xabarnoma yuboradi.

Farzandlikka olishni sir saqlash maqsadida farzandlikka olish uchun hujjatlar farzandlikka oluvchilarning vakillari tomonidan, qonunchilikda belgilangan tartibda FHDY organiga taqdim etilishi mumkin.

Agar farzandlikka olish bekor qilinsa u holda tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga “Farzandlikka olish sudining qarori bilan bekor qilindi” deb yoziladi va dalolatnoma yozuvidagi dastlabki ma’lumotlar tiklanadi hamda tug‘ilganlik haqidagi yangi guvohnoma beriladi.

Agar farzandlikka oluvchilar o`z zimmalariga yuklatilgan majburiyatni bajarishdan bo`yin tovlayotgan yoki ularni lozim darajada bajarmayotgan bo`lsa, ota-onalik huquqini suiste’mol qilayotgan bo`lsa, farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada bo`lsalar, muttasil ichkilikbozlikka yoki giyohvandlikka mubtalo bo`lsalar farzandlikka olish bekor qilinadi

 

 

 

 

Parkent tumani 2-son FHDY                                      Axrolova Saodat

bo`limi mudirasi                                                               Uktamovna