Янгиликлар
Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish kiritish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish joyi
Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish kiritish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish joyi
O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish yetarli asoslar mavjud bo‘lib, manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lmaganda ushbu dalolatnoma yozuvlari saqlanayotgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘n olti yoshga to‘lgan shaxslarning tug‘ilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralishni qayd etish daftarlariga o‘zgartirishlar kiritish ularning arizalariga binoan amalga oshiriladi.
O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarning tug‘ilish haqidagi yozuvlar daftariga o‘zgartirishlar kiritish ularning ota-onasi arizasiga binoan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tuzilgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga tuzatishlar kiritish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish ariza beruvchining arizasida ko‘rsatilgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritishni rad etish to‘g‘risidagi xulosasi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Parkent tumani adliya bo`limi
2-son FHDY bo`limi 1-toifali inspektori
Jollibayeva Fatima