Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Toshkent viloyatining ayrim shahar-tuman Davlat xizmatlari markazlarida navbatlarning koʻpligi holati tahlil qilindi.


 

Toshkent viloyatining ayrim shahar-tuman Davlat xizmatlari markazlarida navbatlarning koʻpligi holati tahlil qilindi.

Tahlil natijasiga koʻra, Nurafshon shahar davlat xizmatlari markaziga soat 8-00 dan 12-00 ga qadar tashriflar soni 152 ta yoki jami tashriflarning 57 % ni, 12-00 dan 15-00 gacha 54 ta yoki jami tashriflarning 20 % ni, 15-00 dan 18-00 gacha 60 ta yoki jami tashriflarning 23 % ni tashkil qilganligi maʼlum boʻldi.  

        Yuqoridagi kabi Chirchiq shahar davlat xizmatlari markaziga tashriflar holati tahlil qilinganda quyidagilar maʼlum boʻldi.

Soat 8-00 dan 12-00 ga qadar tashriflar soni 224 ta yoki jami tashriflarning 54 % ni, 12-00 dan 15-00 gacha 108 ta yoki jami tashriflarning 26 % ni, 15-00 dan 18-00 gacha 83 ta yoki jami tashriflarning 20 % ni tashkil qilgan.

Angren shahar davlat xizmatlari markaziga tashriflar tahlili:

Soat 8-00 dan 12-00 ga qadar tashriflar soni 231 ta yoki jami tashriflarning 56 % ni, 12-00 dan 15-00 gacha 94 ta yoki jami tashriflarning 23 % ni, 15-00 dan 18-00 gacha 84 ta yoki jami tashriflarning 21 % ni tashkil qilgan.

         Tahlil natijasidan kelib chiqib, davlat xizmatlari markazlariga kunning birinchi yarmida jami tashriflarning asosiy qismi (56-57 %) kelishi, kunning ikkinchi yarmida esa tashriflar soni keskin kamayib ketishi va kutish vaqti ham yuzaga kelmasligi yuzasidan hulosaga kelish mumkin.

Hurmatli fuqarolar agarda zaruriyat bo‘lmasa, Markazlarga kunning ikkinchi yarmida tashrif buyurishingiz vaqtingiz tejalgan holda davlat xizmatlaridan foydalanishingiz mumkinligi ma’lum qilinadi.