Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Adliya vazirligi tomonidan tadbirkor va hunarmandlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.


Adliya vazirligi tomonidan tadbirkor va hunarmandlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

✅ Vazirlik mas'ul xodimlari tomonidan Toshkent viloyati, Olmaliq shahridagi hunarmand va tadbirkorlar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Qabul davomida tadbir ishtirokchilariga o‘z brendiga ega bo‘lishning afzalliklari, brendni ro‘yxatdan o‘tkazish va himoya qilish, kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarganlik uchun belgilangan javobgarlik choralari yuzasidan ma'lumotlar hamda ularni qiziqtirgan savollarga batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.
 
✅ Shuningdek, soliq organlari bilan hamkorlikda Olmaliq savdo kompleksida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar  bilan uchrashilib, kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasini oldini olishga qaratilgan "Kontrafakt mahsulotlar kataloglari" tarqatildi.