Янгиликлар
25
Adliya vaziri o‘rinbosari Toshkent viloyatiga qilgan xizmat safari davomida Bekobod tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi
Adliya vaziri o‘rinbosari Toshkent viloyatiga qilgan xizmat safari davomida Bekobod tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi
????Tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishish jarayonida vazir o‘rinbosari xodimlar bilan suhbatlashib, ularning fikr va takliflarini tingladi. Shuningdek, sohadagi mavjud muammolar, ularning yechimlari va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar sifati yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
????Uchrashuv yakunida vazir o‘rinbosari sohadagi islohotlarning amaliy natijadorligini taʼminlash, xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish va aholiga huquqiy tushunchalar berish bilan bog‘liq targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan ham tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.
????Adliya vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi Ishchi guruh Prezidentimizning 2024-yil 24 maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi doirasida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishdi.
????Xususan, Xonobod mahallasiga tashrif buyurib, “mahalla yettiligi” bilan muloqot qilishdi. Uchrashuvda aholining huquqiy muammolarini bartaraf etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholiga huquqiy axborotni yetkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.
????Shuningdek, mahalla faollari va profilaktika organlari vakillari tomonidan joylardagi muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi. “Onlayn mahalla”, “Huquqiy mahalla”, “Adliya mahalla” platformalariga kiritilgan aholi murojaatlari va ularning huquqiy yechimini taʼminlash yuzasidan zarur tavsiya va maslahatlar berildi.