Янгиликлар
25
Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Baytqo‘rg‘on mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Baytqo‘rg‘on mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
Aholining huquqiy madaniyati, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralar va mahalla yettiligining ish yuritish faoliyati — bularning barchasi o‘rganish markazida bo‘ldi.
???? Ish yurituv hujjatlarini metodik ta’minlash, ularni yagona standart asosida yuritish, har bir mahalla a’zosi o‘z vazifasini aniq bilishi va huquqiy asosda ish yuritishi — bu boradagi amaliyot kuchaytirilmoqda.
???? O‘rganish jarayonida Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev ishtirok etib, mahalla yettiligi bilan muloqotda bo‘ldi, amaldagi holatni baholab, metodik yordam va takliflarni berdi.
✅ Tashrif yakunida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasidagi ishlarni yanada kuchaytirish, adliya organlarining bevosita metodik yordamini tizimlashtirish, hamda mahallani fuqarolarga eng yaqin huquqiy maydonga aylantirish bo‘yicha aniq topshiriqlar belgilandi.