Янгиликлар
25
O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga egalik qilish guvohnomalari topshirildi
O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga egalik qilish guvohnomalari topshirildi
“Eʼtirof” loyihasi doirasida Toshkent viloyati Bekobod tumanida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari huquq jihatdan eʼtirof etilgan 14 nafar fuqaroga tuman hokimligi binosida tantanali ravishda egalik qilish guvohnomalari topshirildi.
Tadbirda tuman hokimi Z.Nizomiddinov, adliya vaziri o‘rinbosari M. Istamov, tuman faollari, nuroniylar, tuman Kengashi deputatlari hamda mulk egalari ishtirok etdi.
Mazkur qonun fuqarolarning mulkiy huquqlarini huquqiy jihatdan mustahkamlash, yer va bino-inshootlarga bo‘lgan egalik huquqlarini rasmiylashtirish orqali aholi farovonligini oshirishga qaratilgan muhim qadamlardan biri hisoblanadi.