Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Bekobodda ikkinchi “Huquq sinfi”ochildi


Bekobodda ikkinchi “Huquq sinfi”ochildi

Toshkent viloyatida xizmat safarida bo‘lib turgan adliya vaziri o‘rinbosari Mahmud Istamov Bekobod tumanidagi 55-sonli umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan “Huquq sinfi”ning ochilish marosimida ishtirok etdi.

Mazkur “Huquq sinfi” tumanda tashkil etilgan ikkinchi shunday sinf bo‘lib, avval 5-sonli umumtaʼlim maktabida yo‘lga qo‘yilgan edi.  Ayni kunda tumanda jami 60 ta umumtaʼlim maktabi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ularda huquq fani bo‘yicha 80 nafar o‘qituvchi yoshlarga taʼlim-tarbiya beradi.

Ochilish marosimida tuman hokimi Z.Nizomiddinov, adliya vaziri o‘rinbosari M. Istamov, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Dadajonov huquq fani o‘qituvchilari bilan suhbatlashib, huquqiy taʼlimni yana-da takomillashtirish, o‘quv jarayonida zamonaviy va innovatsion yondashuvlarni joriy etish yuzasidan ularning taklif va mulohazalarini tingladi.

Mazkur tashabbus yoshlarda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish, fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlashga qaratilgan muhim qadamlardan biri hisoblanadi.