Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Parlamentdagi muxolifatning kafolatlangan huquqlari kengaytiriladi


❗️ Parlamentdagi muxolifatning kafolatlangan huquqlari kengaytiriladi

Qonun (O'RQ–1077-son, 30.07.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. 

???? Qonun bilan ayrim qonunlarga o'zini parlamentdagi muxolifat deb e'lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasiga bir qancha qo'shimcha huquqlar berishni nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritildi.

✅ Qonun hujjatlariga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, o'zini parlamentdagi muxolifat deb e'lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasi quyidagi huquqlarga ega bo'lishi ko'zda tutildi:

???? o'z vakillari Qonunchilik palatasining 1 nafar qo'mita raisi va 2 nafar qo'mita raisi o'rinbosari lavozimlarini kafolatli egallashi;

???? qonun loyihasi ikkinchi o'qishda ko'rib chiqilguniga qadar ham o'sha masalaga doir qonun loyihasi yoki uning tarkibiy qismining muqobil tahririni kiritish;

???? har chorakda "hukumat soati" va parlament so'rovi doirasida masala kiritish.