Янгиликлар
31
Suv kodeksi qabul qilindi
Suv kodeksi qabul qilindi
Qonun (O'RQ–1076-son, 30.07.2025-y.) bilan O'zbekiston Respublikasining Suv kodeksi tasdiqlandi.
???? Kodeks suv, suv obyektlari, suv xo'jaligi obyektlari va suv fondi yerlaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
✔️ Kodeksga ko'ra, suv umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
???? Suvdan foydalanish umumiy va maxsus foydalanishga bo'linadi.
???? Suv obyektlarining toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
???? O'zbekistonning yer usti va yer osti suv obyektlari;
???? O'zbekistonda joylashgan va uning hududini kesib o'tadigan transchegaraviy yer usti va yer osti suv obyektlari.
✅ Suv obyektlari tanho yoki birgalikda foydalanishda bo'lishi mumkin.
???? Suv resurslarini boshqarishda qarorlar qabul qilish maqsadida respublika va havzalar, zarur hollarda hududlar darajasida kollegial-maslahat organi shaklida suv kengashlari tashkil etiladi.
???? Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika suv kengashi tashkil etiladi.