Янгиликлар
01
Davlat xizmatlarida ortiqcha byurokratiya bekor qilinmoqda — PF-6191-son Farmon amalda
???? Davlat xizmatlarida ortiqcha byurokratiya bekor qilinmoqda — PF-6191-son Farmon amalda
???? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan seminar o‘tkazildi.
???? Tadbir davomida Farmonning aynan 4-bandi bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi. Unda 2021-yil 1-iyundan boshlab aholi va tadbirkorlik subyektlaridan qator hujjat va ma’lumotlarni talab qilish bekor qilinganligi ta’kidlandi.
???? Bunga quyidagilar kiradi:
Ruhiy va narkologik dispanserda hisobda turish holati,
Sudlanganlik,
Uy-joyga egalik,
Nikoh holati,
Soliq qarzi mavjudligi,
Shaxsiy hujjat nusxalari, kadastr hujjatlari va boshqa ma’lumotlar.
❗️ Amalda esa ayrim tashkilotlar ushbu hujjatlarni fuqarolarning o‘zidan talab qilmoqda. Natijada, fuqarolar Davlat xizmatlari markazlariga borib, navbat kutib, ortiqcha ovoragarchilikka duch kelishmoqda.
✅ Aslida esa, ushbu ma’lumotlar tegishli tashkilotlar tomonidan “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil tarzda olinishi lozim.
Bu tartib:
???? Fuqarolarni hujjat yig‘ishdan ozod etadi,
???? Davlat xizmatlarini soddalashtiradi,
???? Tashriflar sonini kamaytiradi,
???? Idoralararo integratsiyani kuchaytiradi.
???? Seminar davomida bu kabi muammoli holatlar muhokama qilinib, barcha idoralarga Farmon talablariga qat’iy rioya etish zarurligi eslatildi.