Янгиликлар
02
Pedagog xodimlarning mehnat huquqlari tiklandi
???? Pedagog xodimlarning mehnat huquqlari tiklandi
✅ Bekobod shahar adliya bo‘limi tomonidan ko‘rilgan huquqiy chora-tadbirlar natijasida texnikum tomonidan mehnat ta’tili uchun to‘lanmay qolgan 31 nafar pedagog xodim foydasiga jami
172 639 279 so‘m mehnat ta’tili pullari undirib berildi.
???? Aniqlanishicha, texnikum tomonidan buyruq rasmiylashtirilib, xodimlarning so‘nggi ish kuni 2025-yil 3-iyul etib belgilangan, 4-iyuldan boshlab ular mehnat ta’tiliga chiqqan bo‘lishiga qaramay, ularga qonuniy tarzda tegishli ta’til pullari to‘lanmagan.
⚖️ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 214, 233 va 257-moddalariga asosan, ish beruvchi:
xodimga qonunchilikda belgilangan ta’tilni o‘z vaqtida berishi,
ta’til davri uchun o‘rtacha ish haqini saqlashi,
mazkur to‘lovni ta’til boshlanguniga qadar, oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirishi shart.
???? Bekobod shahar adliya bo‘limi tomonidan ushbu huquqbuzarlik aniqlanib, xodimlarning mehnat huquqlari qonuniy ravishda tiklandi.
???? Fuqarolardan o‘z mehnat huquqlari buzilganda adliya organlariga murojaat etish tavsiya etiladi.