Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Sherali Jo'raev nomidagi musiqa va san'at oliy maktabi tashkil etiladi


❗️ Sherali Jo'raev nomidagi musiqa va san'at oliy maktabi tashkil etiladi

“O'zbekiston xalq artisti Sherali Jo'raev xotirasini abadiylashtirish va uning ijodiy maktabi an'analarini munosib davom ettirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–232-son, 28.07.2025 y.) qabul qilindi. 

???? Qarorga ko'ra, Andijon ixtisoslashtirilgan san'at maktabi negizida Sherali Jo'raev nomidagi musiqa va san'at oliy maktabi tashkil etiladi.

⏳ Oliy maktabda o'quv jarayoni 2025/2026 o'quv yilidan boshlanadi.

???? Oliy maktabga boshlang'ich musiqiy bilimga ega bo'lgan o'quvchilar ijodiy sinov asosida 9-sinfdan qabul qilinadi.

???? O'quv jarayoni davlat grantiga asoslangan 3 yillik o'quv dasturi bo'yicha tashkil etiladi hamda bitiruvchilarga o'rta maxsus kasbiy ta'lim to'g'risida davlat namunasidagi diplom beriladi.

✔️ Oliy maktabning iqtidorli bitiruvchilari o'z o'qishini tegishli bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha oliy ta'lim tashkilotlarining 2-bosqichidan davom ettirishi mumkin.

???? Shuningdek, oliy maktabda Sherali Jo'raev ijodiy yo'nalishi va faoliyati bo'yicha ilmiy-ijodiy laboratoriya faoliyati yo'lga qo'yiladi.